Yevropa Ittifoqi Shavkat Mirziyoyevning tashrifini kutmoqda
Davlat rahbari ittifoqchilik munosabatlarini chuqurlashtirish uchun Bryusselga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.

Yevropa Ittifoqi yaqin bir necha oy ichida Shavkat Mirziyoyevning Bryusselga tashrifini kutmoqda, deb yozadi “Gazeta.uz” Yevropa Ittifoqining mamlakatdagi elchisi Toyvo Klaarga tayanib.
Ma’lumotlarga ko‘ra, diplomatik missiya rahbari ushbu tashrifni O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolash, shuningdek, ittifoqchilik munosabatlari chuqurlashib borayotganini namoyish etish uchun tarixiy imkoniyat deb atadi. Shuningdek, Toivo Klaar Bryusselda ikki mamlakat poytaxtlarida ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan qator tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilayotganini ta’kidladi.
“Bundan tashqari, Global Gateway tashabbusi doirasida biz Markaziy Osiyodagi hamkorlarimizni kuzda bo‘lib o‘tadigan va butun dunyoga Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlar bilan teng huquqli hamkorlik qilishdan manfaatdorligi haqida signal bo‘ladigan xalqaro forumda ishtirok etishga taklif qilmoqchimiz. Ayniqsa, bu Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekistonga taalluqli”, — dedi diplomatik missiya rahbari.
Qayd etilishicha, Global Gateway ikkinchi forumi 9−10-oktyabr kunlari Bryusselda bo‘lib o‘tadi va geosiyosiy va geoiqtisodiy tahdidlar oldida global o‘zaro bog‘liqlikni ilgari surishga bag‘ishlanadi.
Avvalroq O‘zbekistonda Yevropa investitsiya bankining hududiy vakolatxonasi ochilishi xabar qilingandi. Muzokaralar yakuni boʻyicha Shavkat Mirziyoyev va Yevropa Ittifoqi rahbarlari ikkita eman daraxti oʻtqazgan.
Izohlar