Yaqin Sharqdagi keskinlikning pasayishi oltin narxining oshishiga turtki bo‘ldi
Birjada qimmatbaho metallning bir unsiyasi narxi 4 ming dollargacha ko‘tarildi.

Dunyoda oltin narxi yana ko‘tarila boshladi va bir unsiyasi uchun 4 ming dollarga yetdi, deb yozadi “Interfaks”.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qimmatbaho metall narxi sezilarli darajada pasaygan. Xususan, oltin narxi 2 foizdan ko‘proqqa arzonlashdi, chunki investorlar so‘nggi haftalardagi hayratlanarli o‘sishdan keyin foydani qayd etishdi. Biroq, 10 oktyabr holatiga ko‘ra, Comex birjasida oltinning dekabr fyucherslari kotirovkalari bir unsiya uchun 4 012,5 dollargacha ko‘tarildi.
Qayd etilishicha, Yaqin Sharqdagi keskinlikning pasayishi belgilari foydani qayd etishga turtki bo‘lgan. Xususan, Isroil va HAMASning AQSH taklif qilgan mojaroni hal qilish rejasining birinchi bosqichiga roziligi.
Avvalroq oltin narxi tarixiy maksimumni yangilagani xabar qilingandi. Eng yuqori cho‘qqida narx troya unsiyasi uchun 3900 dollardan oshdi.
Izohlar