Dunyo

Turkiyada samolyot to‘liq to‘xtamaguncha o‘rnidan turganlar uchun jarimalar tasdiqlandi

Qoidabuzarlar 70 dollar bilan xayrlashishiga to‘g‘ri keladi.

Turkiyada samolyot to‘liq to‘xtamaguncha o‘rnidan turganlar uchun jarimalar tasdiqlandi

Turkiyada aviakompaniyalar samolyot to‘liq to‘xtashini kutmasdan o‘rnidan turgan yo‘lovchilar uchun jarimalarni tasdiqladi, deb yozadi BBC News.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Turkish Airlines aviakompaniyasi bort kuzatuvchilari o‘zgarishlar haqida ogohlantirilmagan odamlar bo‘lmasligi uchun yo‘lovchilarni yangilik haqida oldindan ogohlantirishni boshlagan.

Tasdiqlangan qoidalarga ko‘ra, xavfsizlik talablariga rioya qilmaslik uchun qoidabuzarlar 70 dollar miqdorida jarima to‘lashlari kerak bo‘ladi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, yangi chora nafaqat tartibni saqlashga, balki ko‘pincha erta turish va samolyot harakati paytida yukni olishga urinish tufayli yuzaga keladigan jarohatlarning oldini olishga yordam berishi kerak.

Avvalroq O‘zbekiston o‘nlab zamonaviy samolyotlar sotib olishi xabar qilingandi. Mutasaddilarga har bir yo‘nalish bo‘yicha parvozlar soni va jalb qilinishi mumkin bo‘lgan sayyohlar sonini hisoblash topshirildi.

Izohlar

Mavzuga oid