Turkiyada O‘zbekiston fuqarosi osilgan holda topildi
Ayol keksa er-xotinga qarovchi bo‘lib ishlagan.

Turkiyada 40 yoshli o‘zbekistonlik ayolning jasadi er-xotinga qarash uchun ishlagan uyning bog‘ida osilgan holda topildi.
Voqea 30-sentyabr kuni Ulusu tumanida sodir bo‘lgan. Guvohlar ayolning jasadini topib, voqea joyiga favqulodda xizmatlarni chaqirishgan. Voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar o‘lim holatini qayd etishgan, shundan so‘ng politsiya va prokuratura xodimlari ham fojia joyini ko‘zdan kechirishgan.
Qayd etilishicha, marhumaning jasadi sud-tibbiy ekspertizasi o‘tkazish uchun Anqaraga yuborilgan, shundan so‘ng huquq-tartibot idoralari xodimlari huquqiy baho berishlari mumkin bo‘ladi. Hozirda tartib posbonlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Turkiyadagi xonadonlardan birida O‘zbekiston fuqarosining jasadi topilgani haqida xabar berilgandi. Noma’lum shaxs jabrlanuvchining tomog‘ini kesib, g‘oyib bo‘lgan, qiz aloqaga chiqmay qo‘ygach, qarindoshlari xavotirga tushishgan.
Izohlar