Dunyo

Tramp tinchlik uchun Nobel mukofotidan quruq qoldi

Vaziyatni hatto O‘zbekiston prezidentining nomzodni qo‘llab-quvvatlashi ham qutqara olmadi.

Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti Venesuela parlamentining sobiq deputati Mariya Korina Machadoga berildi, deb yozadi “Izvestiya”.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Mariya Korina Machado Nikolas Maduro rejimiga qarshi yashirin muxolifat vakili hisoblanadi. Qayd etilishicha, parlament vakili Venesuela xalqining demokratik huquqlarini himoya qilishdagi tinimsiz mehnati hamda diktaturadan demokratiyaga adolatli va tinch yo‘l bilan o‘tishga erishish yo‘lidagi kurashi uchun mukofotga sazovor bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Trampning tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzodini qo‘llab-quvvatlab, siyosatchi bunga har qachongidan ham munosib ekanini ta’kidlagan edi. Muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev prezident Donald Trampni o‘zi uchun qulay muddatda O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga yana bir bor taklif etdi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная