Tramp Pentagon nomini o‘zgartirdi
Nomning rasman o‘zgartirilishi AQSH Kongressining roziligini talab qiladi.

AQSH prezidenti Donald Tramp Mudofaa vazirligini Harbiy vazirlik deb o‘zgartirdi, deb xabar bermoqda DW nashri.
Amerika yetakchisining ta’kidlashicha, dunyodagi hozirgi vaziyatni hisobga olgan holda bunday nomlash maqsadga muvofiqdir. Pentagon rahbari Pit Xegsetning ta’kidlashicha, vazirlik nomini o‘zgartirish “so‘zlar emas, balki harbiy axloqni tiklash”dir.
Maksimal o‘lim darajasi, sust qonuniylik emas. Siyosiy to‘g‘rilik emas, qat’iy kuch. Biz nafaqat himoyachilarni, balki jangchilarni tarbiyalaymiz, — deya qo‘shimcha qildi u.
Nomning rasman o‘zgartirilishi AQSH Kongressining roziligini talab qiladi. Respublikachilar partiyasidan senatorlar Mayk Li, Rik Skott va Greg Sxyub allaqachon tegishli qonun loyihasini kiritgan. Demokratik partiyada Donald Trampning tashabbusi qimmat va e’tiborni chalg‘ituvchi deb hisoblashadi.
Mavzuga doir: O‘zbekistonga tashrif, hamkorlik, JCH-2026: Mirziyoyev Tramp bilan qo‘ng‘iroqlashdi — asosiylar
Izohlar