Dunyo

Tolibon ayollarning “Termiz” xalqaro bozoriga kirishini chekladi

Sotuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, qaror savdoga salbiy ta’sir ko‘rsatgan va endi xaridorlar deyarli yo‘q.

Tolibon ayollarning “Termiz” xalqaro bozoriga kirishini chekladi

Tolibon O‘zbekistonning chegara hududidagi “Termiz” xalqaro bozoriga 40 yoshgacha bo‘lgan ayollarning kirishini chekladi, deb yozadi Amu.

Cheklovlar Tolibonning ayollar uchun qoidalarni kuchaytirish bo‘yicha umumiy siyosatiga mos keladi. Rasmiylar taqiqqa izoh bermadi. Shu bilan birga, “axloq politsiyasi”ning qarori savdoga salbiy ta’sir ko‘rsatdi — xaridorlar oqimi keskin kamaydi, ayniqsa, ayollarga asosli sabablarsiz uydan chiqish taqiqlanganidan keyin.

“Avvallari oilalarga, ayniqsa, ayollar tez-tez kelib turishardi. Endi bunday xaridorlar deyarli qolmadi”, — dedi sotuvchilardan biri.

Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistonda ayollarning bir-biri bilan gaplashishi taqiqlangan. Qarorni “Tolibon”ning Ezgulik vazirligi qabul qildi.

Izohlar

Mavzuga oid