“Tolibon” Afg‘onistonda ijtimoiy tarmoqlar bloklanganini tasdiqladi
Mamlakat fuqarolarining so‘zlariga ko‘ra, endi tarmoqqa faqat VPN orqali kirish mumkin.

Tolibon Afg‘onistonda ijtimoiy tarmoqlar bloklanganini tasdiqladi, deb xabar bermoqda TasnimNews.
Tolibon hukumati Aloqa vazirligi Afg‘onistonda ijtimoiy tarmoqlar bloklanganini tasdiqladi. Idora Facebook, Instagram va X`ga kirish cheklanganini ma’lum qildi. Foydalanuvchilarning ta’kidlashicha, bu tarmoqlarga faqat VPN orqali kirish mumkin.
Biroq bu cheklov hozircha uy internetiga taalluqli emasligi aytilmoqda. Kelajakda uy interneti ham filtrdan o‘tkaziladimi yoki yo‘qmi, noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistonda ayollar tomonidan yozilgan kitoblar taqiqlana boshlangandi. Shuningdek, eronlik mualliflarning yoki Eronda nashr etilgan kitoblar ham taqiqqa uchradi.
Izohlar