Tojikiston Rossiyani Afg‘oniston bilan chegaralarni himoya qilishga jalb qilmoqchi
Qaror hududdagi to‘qnashuvlarning tezlashishi fonida qabul qilindi.

Tojikiston bir qator otishmalardan so‘ng Afg‘oniston bilan chegarada qo‘shma patrullik qilish uchun rossiyalik harbiylarni jalb qilish imkoniyatini muhokama qilmoqda, deb yozadi Reuters.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi haftada Afg‘oniston hududidan o‘qqa tutilishi oqibatida Xitoyning besh fuqarosi halok bo‘lgan, yana besh nafari yaralangan. Dekabr oyida vaziyat keskinlashgani sababli Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon xavfsizlik idoralari rahbarlari bilan ishchi yig‘ilish o‘tkazdi.
Ma’lum qilinishicha, KXSHT kuchlarini jalb qilish to‘g‘risidagi qaror hali qabul qilinmagan va ko‘rib chiqish bosqichida. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomoni bilan 201-Rossiya harbiy bazasi chegarani birgalikda patrul qilishda ishtirok etishi mumkinligi haqida muzokaralar allaqachon olib borilgan. 201-bazaning aviatsiya guruhini jalb qilgan holda vertolyot patrullik qilish varianti ko‘rib chiqilmoqda.
Biz hozircha muzokaralar olib bormoqdamiz, ular ko‘rib chiqish bosqichida. Qaror shu hafta ichida qabul qilinishi ehtimoli yo‘q emas, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi qonun loyihasi Senatga yuborilgandi. Hujjat tutashuv va chegara o‘tish joyini belgilaydi.
Izohlar