Dunyo

Starlink 2026-yilda O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh internetini ishga tushirishni rejalashtirmoqda

Xuddi shu davrda Turkmaniston va Tojikistonda sun’iy yo‘ldosh interneti ishga tushirilishi kerak.

O‘zbekistonda 2026-yilda Starlink sun’iy yo‘ldosh interneti ishga tushirilishi mumkin, deyiladi xizmatning rasmiy saytidagi ma’lumotlarda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi 2022-yildayoq mamlakatda yirik loyihalarni ishga tushirishga tayyorligini va’da qilgan, biroq bozorga chiqish rejalari bir necha bor kechiktirilgan. Xususan, kompaniya loyihani dastlab 2023-yilda, keyin 2025-yilda ishga tushirishni rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda Starlink sun’iy yo‘ldosh interneti 2025-yil 13-avgustdan ishlay boshlagan. Bundan tashqari, 2025-yilda Qirg‘izistonda ham ishga tushirilishi kutilmoqda. Shu bilan birga, 2026-yilda O‘zbekiston bilan birgalikda Turkmaniston va Tojikistonda sun’iy yo‘ldosh interneti ishga tushirilishi kerak.

Avvalroq O‘zbekiston o‘z sun’iy yo‘ldoshini uchirish uchun 50 milliondan 100 million dollargacha mablag‘ sarflashi mumkinligi xabar qilingandi. “O‘zbekkosmos” vakili buni O‘zbekiston uchun milliy xavfsizlik masalasi deb atadi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная