Dunyo

Sankt-Peterburgda muhojirlarga kuryer bo‘lib ishlash taqiqlandi

Rossiya hukumati bu qarorni rossiyaliklar uchun ko‘proq ish o‘rinlari yaratish istagi bilan izohladi.

Sankt-Peterburgda muhojirlarga kuryer bo‘lib ishlash, jumladan, oziq-ovqat yetkazib berish taqiqlandi, deb xabar bermoqda shahar gubernatori matbuot xizmati.

Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov xorijiy fuqarolarni kuryerlik faoliyatiga jalb qilishni taqiqlovchi qarorni imzoladi. Cheklov kuryerlarning barcha turdagi ishlariga, shu jumladan oziq-ovqat yetkazib berishga ham taalluqlidir.

Rasmiylar bu qarorni yashirin ishga joylashishga qarshi kurash va rossiyaliklar uchun ko‘proq ish o‘rinlari yaratish istagi bilan izohladi. Biznes uchun uch oylik o‘tish davri ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada migrantlar uchun mehnat hujjatlarini rasmiylashtirish uchun bojlar oshirilgandi. Rasmiylarning fikricha, bu noqonuniy migratsiya oqimini kamaytirishga yordam beradi va bu qonunga rioya qiluvchilarga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная