Dunyo

Rossiyada sudlangan migrantlarga mehnat patentlari berishni taqiqlashmoqchi

Avvalroq xabar qilinganidek, endilikda Rossiyada huquq-tartibot idoralari migrantlarni mobil ilova orqali kuzatib boradi. Tajriba 2029-yilgacha davom etadi.

Rossiyada sudlangan migrantlarga mehnat patentlari berishni taqiqlashmoqchi
Фото: Ситуативное

Rossiyada sudlangan muhojirlarga mamlakatda ishlashni taqiqlash taklifi ilgari surilmoqda, deb xabar bermoqda “TASS” Davlat dumasi deputatlari hujjatiga asoslanib.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tegishli qonun loyihasini “Новые люди” fraksiyasi rahbari o‘rinbosari Sardana Avksenteva taqdim etgan. Deputat o‘z murojaatini Rossiya IIV rahbari Vladimir Kolokolsevga yo‘llab, migrantlarga patent va mehnat vizalarini berishning amaldagi tizimi sudlangan shaxslarga nisbatan, jumladan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun yetarli cheklovlarni ko‘zda tutmasligini ta’kidlagan.

Fraksiya vakilining fikricha, bu jamoat xavfsizligi uchun jiddiy xavf tug‘diradi, shuningdek, fuqarolarning migratsiya siyosatiga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazadi va jinoyatchilik darajasining oshishiga olib keladi. Shu sababli partiya Rossiyada ham, chet elda ham sudlanganligi bo‘lgan xorijiy fuqarolarga patentlar va ishlash uchun ruxsatnomalar berishni qonuniy taqiqlashni taklif qildi.

Bundan tashqari, deputatlar patent yoki ishlash uchun ruxsatnoma olishga ariza topshirishda sudlanganlikni majburiy avtomatik tekshirishni joriy etishni, shuningdek, migrantning sudlangani aniqlangan taqdirda huquqni muhofaza qilish organlariga berilgan patentlar va ishlash uchun ruxsatnomalarni darhol bekor qilish huquqini berishni taklif qildi. Ushbu choralar jinoiy o‘tmishga ega bo‘lgan shaxslarni qonuniy mehnat muomalasidan chiqarib tashlash va shu orqali migrantlar o‘rtasida jinoyat sodir etish xavfini kamaytirish imkonini berishi kutilmoqda.

Avvalroq Rossiyada huquq-tartibot idoralari migrantlarni mobil ilova orqali kuzatib borishi ma’lum qilingandi. Tajriba 2029-yilgacha davom etadi.

Izohlar

Mavzuga oid