Dunyo

Rossiyada o‘zbekistonliklar ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgani uchun qamaldi

O‘ndan ortiq yurtdoshlar munosabatlarni musht orqali aniqlashga qaror qilgan.

Rossiyada o‘zbekistonliklar ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgani uchun qamaldi

Rossiyaning Amur viloyatida ommaviy mushtlashuv uchun 11 nafar O‘zbekiston fuqarosi hibsga olindi, deb xabar bermoqda viloyat sudlari matbuot xizmati.

Hodisa 25-may kuni sodir bo‘lgan. Erkaklar Svobodnenskiy shahridagi maktab stadionida janjal uyushtirgani uchun polisiya xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Ba’zi huquqbuzarlar uchun jazoni yengillashtiruvchi holatlar qatoriga aybga iqror bo‘lish va pushaymon bo‘lish kiradi. Bir guruh shaxslar tomonidan huquqbuzarlik sodir etilishi jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar bo‘ldi.

Svobodnenskiy shahar sudi o‘zbekistonliklarni “mayda bezorilik” ma’muriy moddasi bo‘yicha aybdor deb topdi. Ularning ikki nafariga 12 sutka, qolganlariga 14 sutka qamoq jazosi tayinlandi.

Izohlar

Mavzuga oid