Dunyo

Rossiyada muhojirlar uchun qo‘shimcha davlat bojlari joriy etildi

Migratsiya nazoratini kuchaytirish uchun qaror qabul qilindi.

Фото: Ситуативное

Rossiyada 1-sentyabrdan boshlab ro‘yxatdan o‘tish, migratsion hisobga olish va mehnat faoliyati uchun ruxsatnomalar bo‘yicha qo‘shimcha davlat bojlari joriy etildi, deb yozadi TASS.

Migratsiya nazoratini kuchaytirish uchun qaror qabul qilindi. Jumladan, chet el fuqarosiga yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga patent berganlik yoki qayta rasmiylashtirganlik uchun — 4 200 rubl, ishlash uchun ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun — 4 200 3.

Ishlash uchun ruxsatnoma dublikatini berish, migrant yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning ishlash uchun ruxsatnomasidagi ma’lumotlarga o‘zgartirishlar kiritish yoki patent dublikatini berish uchun ham endi 2 100 rubl to‘lash kerak bo‘ladi.

Xorijiy xodimlarni jalb qilish va ulardan foydalanish uchun ruxsatnomalar dublikatlarini berish, shuningdek ularga o‘zgartirishlar kiritish uchun 2 100 rubl, chet el fuqarosining Rossiya Federatsiyasida vaqtincha bo‘lish muddatini uzaytirish uchun — 1 000 rubl va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish uchun — 500 rubl berish kerak.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari uchun soxta hujjatlar tayyorlagani uchun sudlangandi. Erkak vatandoshlarining pasportlarini pochta orqali olgan va o‘z tanishlari yordamida u yerga nazorat-o‘tkazish punktining soxta data-shtamplarini qo‘ygan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная