Rossiyada muhojirlar uchun ijtimoiy nafaqani bekor qilish taklif qilindi
Deputatlarning fikricha, Rossiya pensiya olish imkoniyati tufayli ko‘plab xorijliklar uchun jozibador mamlakat hisoblanadi.

Rossiyada chet el fuqarolari uchun qarilik bo‘yicha ijtimoiy nafaqa tayinlashni bekor qilish taklif qilindi, deb yozadi RIA Novosti Davlat dumasi hujjatiga tayanib.
Ma’lumotlarga ko‘ra, g‘oyani partiya yetakchisi Leonid Slutskiy boshchiligidagi LDPR partiyasi deputatlari ilgari surgan. Qayd etilishicha, qonun loyihasida chet el fuqarolari uchun yoshga doir ijtimoiy pensiyani tegishli qo‘shimcha to‘lovlarni hisobga olgan holda bekor qilish taklif etilmoqda.
Hozirgi vaqtda amaldagi qonunchilikka ko‘ra, Rossiyada kamida 15 yil doimiy yashagan va yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan, shuningdek, erkaklar uchun 70 yoshga, ayollar uchun 65 yoshga to‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham ijtimoiy pensiya olish huquqiga ega. Shuningdek, Rossiya qonunchiligi pensiyaga federal va mintaqaviy qo‘shimcha to‘lovlarni nazarda tutadi.
Shu munosabat bilan Davlat dumasi deputatlari Rossiya ko‘plab xorijliklar uchun, jumladan, Rossiya pensiyasini olish imkoniyati tufayli ham jozibador mamlakat ekanligini ta’kidladilar. Shu bilan birga, hozirgi vaqtda Rossiyada o‘rtacha tayinlangan pensiyaning o‘rtacha ish haqiga nisbati taxminan 28 foizni tashkil etadi, shuning uchun pensiya ish haqining uchdan bir qismidan kamrog‘ini qoplashga qodir, bu esa uning butun Rossiya bo‘ylab juda past miqdoridan dalolat beradi.
aАвторы инициативы планируют, что данная мера поможет защитить пенсионную систему от необоснованных социальных обязательств, а также снизить бюджетную нагрузку и восстановить доверие к принципу: «Пенсия — результат участия в жизни государства, а не формального присутствия».
Avvalroq Rossiyada migrant ayollarga bepul tug‘ishni taqiqlash taklif qilingani haqida xabar berilgandi. Davlat dumasi deputatlari bu soliq to‘lovchilarning mablag‘larini saqlab qolishga yordam berishini rejalashtirmoqda.
Izohlar