Dunyo

Rossiyada migrantlarni mast holda yurgani uchun vaqtincha yashash ruxsatnomasidan mahrum qilishmoqchi

Rossiyalik deputatlarning so‘zlariga ko‘ra, chora yo‘llardagi YTHlar sonini kamaytirishga yordam beradi.

Rossiyada migrantlarni mast holda mashina haydagani uchun vaqtincha yashash ruxsatnomasidan mahrum etish rejalashtirilmoqda, deb yozadi TASS.

“Adolatli Rossiya — haqiqat uchun” fraksiyasi rahbari Sergey Mironov va fraksiya deputati Fedot Tumusov spirtli ichimlik va giyohvand modda ta’sirida haydovchilik qilganligi uchun migrantlarga vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma berishni rad etish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini Davlat Dumasiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi.

Ishonchim komilki, “Adolatli Rossiya” qonun loyihasining qabul qilinishi yo‘llardagi avariyalar va yo‘l harakati qoidalari buzilishi sonini kamaytirishga yordam beradi, — dedi Mironov TASSga.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada migrantlarning ishsiz oila a’zolari qolishi cheklanadi. Vladimir Putin davlat migratsiya siyosatining yangi konsepsiyasini tasdiqladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная