Dunyo

Rossiyada migrantlar uchun ijtimoiy nafaqalarni bekor qilish taklif qilindi

RLDP partiyasi muhojirlar uchun “bepul ijtimoiy xizmat”ni to‘xtatish va shu tariqa federal byudjetga yukni kamaytirish vaqti kelganini aytdi.

Rossiyada migrantlar uchun ijtimoiy nafaqalarni bekor qilish va kelgindilar uchun “bepul ijtimoiy xizmat”ni to‘xtatish taklif qilindi, deb yozadi “Gazeta.Ru” RLDP partiyasi yetakchisi Leonid Slutskiyga tayanib.

Partiya yetakchisining aytishicha, hozirda mamlakat har bir tiyin hisobda bo‘lgan mas’uliyatli lahzani boshdan kechirmoqda. Shu munosabat bilan Leonid Slutskiy migrantlar uchun ijtimoiy nafaqalarni bekor qilishni va shu tariqa federal byudjetga yukni yengillashtirishni taklif qildi.

Maxsus harbiy operatsiya, ijtimoiy, demografik va boshqa muammolar – bularning barchasi juda katta mablag‘ talab qiladi. Bu yerda har bir tiyin hisobda! — dedi RLDP partiyasi yetakchisi.

Shuningdek, Leonid Slutskiyning ta’kidlashicha, bunday paytda mamlakat “davlatimiz qurilishi”da hech qanday ishtirok etmagan va “ko‘pincha Rossiya va rus odamlaridan nafratlanadigan» xorijliklarga pensiya to‘lashga imkon beradi, rossiyalik pensionerlar esa «arzimagan pul oladi”.

Shu munosabat bilan partiya rahbari kelgindilar uchun “bepul ijtimoiy xizmat”ni bekor qilish kerakligini aytdi. Ushbu chora pensiya tizimini asossiz ijtimoiy majburiyatlardan himoya qilish va byudjet yukini kamaytirishga yordam berishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Rossiya migrantlarni ishga joylashtirish uchun patent tizimini bekor qilishi mumkinligi xabar qilingandi. Mamlakat prezidenti migratsiya sohasini rossiyaliklar uchun “sezgir” deb atagan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная