Rossiyada 2027-yil 31-martgacha migrantlar farzandlarining mamlakat hududida bo‘lish shartlarini aniqlash rejalashtirilmoqda, deb yozadi TASS hukumat farmoyishiga tayanib.

Qoidalar voyaga yetmaganlarning ta’lim tashkilotlariga borishi yoki bormasligiga taalluqli bo‘ladi. Bundan tashqari, ularning qonuniy vakillari bilan ishlash mexanizmi belgilanadi. Rossiya Ichki ishlar vazirligi va Maorif vazirligi mas’ul etib tayinlandi.

Tegishli chora Rossiya Federatsiyasi hududida bo‘lgan voyaga yetmagan chet el fuqarolari bilan ishlashni tashkil etishga qaratilgan, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada migrantlar tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bosh tortgani uchun jazolanishni boshlaydi. Migrantda yuqumli kasallik aniqlangani haqida Rospotrebnadzorga xabar beriladi, shunda uni tezda deportatsiya qilish mumkin bo‘ladi.