Rossiyada ishsiz va muqaddam sudlangan erkak xonadonida 72 nafar o‘zbekistonlikni ro‘yxatdan o‘tkazdi
Mahalliy fuqaro o‘zbekistonliklarning yashashi uchun real uy-joy taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘lmagan.

Rossiyaning Kamchatka o‘lkasida 72 nafar O‘zbekiston fuqarosini noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Muqaddam sudlangan 33 yoshli ishsiz fuqaro o‘z kvartirasida 72 nafar O‘zbekiston fuqarosini soxta ro‘yxatdan o‘tkazgan. Shu bilan birga, erkak o‘zbekistonliklarni yashash uchun real uy-joy bilan ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘lmagan.
“Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsni Rossiya Federatsiyasida bo‘lish joyi bo‘yicha soxta ro‘yxatga olish” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ushbu modda bo‘yicha besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Avvalroq Rossiyaga eng ko‘p o‘zbekistonlik migrantlar kelishi haqida xabar berilgandi. Ularning yarmi Rossiya Federatsiyasiga ishlash uchun kelishadi.
Izohlar