Qozog‘iston prezidenti mudofaa vaziri Ruslan Jaksilikovni iste’foga chiqardi
Qosim-Jo‘mart To‘qayev transport vaziri Marat Karabayevni ham lavozimidan ozod qildi.

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mudofaa vaziri Ruslan Jaqsilikovni lavozimidan ozod qildi, deya xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.
Uning o‘rniga 2024-yil sentyabridan buyon mudofaa vazirining o‘rinbosari — havo hujumidan mudofaa kuchlari bosh qo‘mondoni lavozimida ishlab kelgan Dauren Kosanov tayinlandi. Kosonov 1969-yil 14-oktyabrda Pavlodar viloyatida tug‘ilgan, Armavir oliy harbiy aviatsiya uchuvchilar bilim yurti, Gagarin nomidagi Harbiy-havo akademiyasi va Rossiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Harbiy akademiyasini tamomlagan.
Shuningdek, To‘qayev transport vaziri Marat Karabayevni lavozimidan ozod qildi. Bundan tashqari, “Kazpochta” AJ boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan Asel Janasova prezidentning yangi maslahatchisi etib tayinlandi.
Izohlar