Dunyo

O‘zbekistonliklar Nepalda namoyish o‘tkazmaslikka chaqirildi

Favqulodda vaziyatda respublikaning Nyu-Dehlidagi elchixonasiga murojaat qilish mumkin.

9-sentyabr kuni O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi Nepalda bo‘lib turgan vatandoshlarga murojaat bilan chiqdi.

Mamlakatda hukumatning xorijiy ijtimoiy tarmoqlarni ommaviy bloklash tashabbusi tufayli keng ko‘lamli norozilik namoyishlari, tartibsizliklar va namoyishchilarning kuch tuzilmalari bilan to‘qnashuvlari avj olmoqda. Ikki kundan so‘ng prezident va bosh vazir iste’foga chiqdi, namoyishchilar ularning qarorgohlarini yoqib yubordi, Katmandu chekkasidagi hukumat mahallasi va qamoqxonani egallab oldi. Halok bo‘lganlar soni o‘nlab, jabrlanganlar esa yuzlab.

Ijtimoiy tarmoqlarda voqealar “Z avlod inqilobi” deb ataldi, chunki ijtimoiy tarmoqlarning bloklanishi aynan yosh avlodni faol harakatlarga undadi.

Shu fonda elchixona Nepaldagi o‘zbekistonliklarni norozilik namoyishlariga chiqmaslikka, odamlar gavjum joylarga bormaslikka, mahalliy qoidalar va qonunlarga rioya qilishga chaqirmoqda.

Favqulodda vaziyatlarda O‘zbekistonning Nyu-Dehlidagi elchixonasi konsullik bo‘limiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilish mumkin: +91 94994 85962 (Telegram/WhatsApp). Telefon 24 soat ishlaydi, — deyiladi xabarda.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная