O‘zbekistonlik Rossiyaga o‘n kilogrammdan ortiq nos olib o‘tmoqchi bo‘ldi
Huquq-tartibot idoralari xodimlari erkakni qo‘lga olib, ma’muriy ish qo‘zg‘atgan.

Rossiyada chegaradan katta miqdordagi nosvoyni o‘tkazmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Ural bojxona boshqarmasi axborot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Yekaterinburgning Kolsovo aeroportida sodir bo‘lgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari yo‘lovchini qo‘lga olishdi, uning yonida erkak o‘zi uchun olib ketayotgan 10,5 kilogramm granulalangan nosvoy borligi aniqlandi. Rossiya hududiga shaxsiy foydalanish uchun 250 grammdan ko‘p bo‘lmagan nos olib kirishga ruxsat beriladi.
Tartib posbonlarining ta’kidlashicha, mamlakat hududiga o‘n kilogramm olib kirishga urinish ruxsat etilgan me’yordan bir necha barobar ko‘pdir. Mazkur holat yuzasidan huquq-tartibot idoralari tomonidan tovarlarni deklaratsiyalamaslik, shuningdek, olib kirishda cheklovlarga rioya qilmaslik holatlari bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq Rossiyada o‘zbekistonlik migrant maktab o‘quvchisiga hujum qilgani haqida xabar berilgandi. Erkak qizga nisbatan jinsiy xarakterdagi harakatlarni sodir etgan, jabrlanuvchi qochib ketishga muvaffaq bo‘lgan, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izohlar