Dunyo

O‘zbekistonlik Rossiyada terrorchilarni moliyalashtirdi

Endi ekstremistlar homiysini qamoq va katta jarima kutmoqda.

Rossiyada terrorchilik tashkilotini moliyalashtirgan o‘zbekistonlikka hukm o‘qildi, deb xabar bermoqda TASS Novosibirsk viloyati prokuraturasiga tayanib.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 28 yoshli erkak pul mablag‘larini keyinchalik mamlakat hududida terrorchilik tashkiloti deb tan olingan xalqaro tashkilot ishtirokchisiga topshirish uchun o‘z tanishi hisob raqamiga o‘tkazgan.

Novosibirskdagi Ikkinchi Sharqiy okrug harbiy sudi erkakni aybdor deb topib, dastlabki uch yilini qamoqda, qolgan qismini esa qattiq tartibli axloq tuzatish koloniyasida o‘tash sharti bilan to‘qqiz yilga ozodlikdan mahrum qildi. Shuningdek, sud o‘zbekistonlikni 350 ming rubl miqdorida jarima to‘lashga majbur qildi. Shuningdek, erkakning ismi RF terrorchilari va ekstremistlari ro‘yxatiga kiritilgan.

Avvalroq DXX va FSB Moskvada islomchilarni qo‘lga olish uchun birlashgani xabar qilingandi. Huquq-tartibot idoralari qo‘lga olingan barcha jinoyatchilarga nisbatan ish qo‘zg‘atdi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная