Numbeo tahliliy platformasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston yashash narxi eng past bo‘lgan davlatlar qatoriga kirdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat 155 ta punktdan 138-o‘rinni egallagan: O‘zbekistondagi umumiy narxlar darajasi 27,3 punktni tashkil etgan. Uy-joy ijarasi indeksi — 12,2, uy-joy ijarasini hisobga olgan holda yashash qiymati indeksi — 20,6, oziq-ovqat mahsulotlari narxlari indeksi — 30,1, restoran va kafelar narxlari indeksi — 23, aholining xarid qobiliyati indeksi — 47,8 ni tashkil etdi.
Shunday qilib, mamlakat deyarli barcha Markaziy Osiyo mamlakatlarini ortda qoldirdi. Undan bir pog‘ona pastda Qirg‘iziston 140-o‘rinni egalladi. Qozog‘iston (128 pog‘ona) va Tojikiston (136 pog‘ona) yuqoriroq bo‘ldi. Reytingning birinchi o‘rinlarini Bermud, Kayman va Virjiniya orollari egallagan bo‘lsa, oxirgi o‘rinlarda Pokiston, Hindiston va Liviya joylashgan. Taqqoslash bazasi sifatida Nyu-Yorkdagi narxlar qabul qilindi.
Avvalroq O‘zbekiston mobil internet tezligi reytingida qulagani haqida xabar berilgandi. Mamlakat birdaniga beshta pozitsiyadan mahrum bo‘ldi.

























