O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston Keng qamrovli sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladi
Shuningdek, ikki davlat rahbarlari huzurida qator ikki tomonlama bitimlar imzolandi.

Ulan-Bator shahrida o‘tgan oliy darajadagi muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux Keng qamrovli sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ikki davlat rahbarlari, bundan tashqari, o‘simliklar karantini va himoyasi, oliy ta’lim, tog‘-kon sanoati, atrof-muhitni muhofaza qilish, jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish, sog‘liqni saqlash va tibbiyot fanlari, jismoniy tarbiya va sport sohalarida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlarni imzolagan.
Bundan tashqari, ikki davlat rahbarlari huzurida quyidagi hujjatlar ham imzolandi:
- o‘simliklar karantini va himoyasi, oliy ta’lim, tog‘-kon sanoati, atrof-muhitni muhofaza qilish, jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish, sog‘liqni saqlash va tibbiyot fani, jismoniy tarbiya va sport sohalarida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar;
- ikki mamlakat arxiv idoralari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
- O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan Mo‘g‘uliston Iqtisodiyot va taraqqiyot vazirligi o‘rtasida, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2026-2027-yillarga mo‘ljallangan, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan Mo‘g‘uliston Madaniyat, sport, turizm va yoshlar vazirligi o‘rtasida 2025-2028-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturlari;
- O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Mo‘g‘uliston Oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi va yengil sanoat vazirligi o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha hamkorlik rejasi;
- O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan Mo‘g‘uliston Madaniyat, sport, turizm va yoshlar vazirligi o‘rtasida ekoturizm sohasidagi harakatlar rejasi.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxa muzokaralar o‘tkazib, hamkorlik sohalarini muhokama qilgani haqida xabar berilgandi. Tomonlar 2025-yil oxirigacha poytaxtlar o‘rtasida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Izohlar