Dunyo

O‘zbekiston va Iordaniya geologiya sohasidagi hamkorlikni muhokama qilmoqda

Tomonlar yo‘l xaritasini tasdiqladi va mis, nodir metallar hamda boshqa minerallar sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi.

O‘zbekiston va Iordaniya muhim mineral resurslar sohasidagi hamkorlik, shuningdek, geologiya-qidiruv ishlarini olib borish masalalarini muhokama qildi, deb xabar beradi Geologiya va tog‘-kon sanoati vazirligi matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasi Ammanga amaliy tashrif bilan borgan, uning doirasida tomonlar qo‘shma loyihalarni, jumladan, geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish masalalarini muhokama qilgan. “Navoiyuran” va Jordan Uranium Mining Company mutaxassislari istiqbolli uran konlarini o‘rgandi.

Yana bir kompaniya — National Arab Mining Company O‘zbekiston tomoni bilan mis, nodir metallar va sanoat uchun muhim bo‘lgan boshqa minerallar sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi. Bundan tashqari, tomonlar hamkorlikda ishlash bo‘yicha yo‘l xaritasini tasdiqladi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar mutasaddi vazirliklar va Iordaniya kompaniyalari vakillaridan iborat ishchi guruh tuzdi. Bundan tashqari, ikki mamlakat vakillari uran va rangli metallarning istiqbolli konlarini muhokama qildi.

Avvalroq Samarqand shahridagi Kongress markazida Shavkat Mirziyoyev va Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tgani, unda tomonlar Sheriklik munosabatlarini mustahkamlash to‘g‘risida qo‘shma bayonot, shuningdek, yana 15 ta ikki tomonlama hujjat qabul qilgani haqida xabar berilgandi. Iordaniya qiroli davlat rahbarini mamlakatga javob tashrifi bilan kelishga taklif qildi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная