O‘zbekiston Rossiyaga ko‘p xotinlikka qarshi kurashishni o‘rgatishi mumkin
Rossiya Federatsiyasida bunday nikohlar sonining ko‘payishi fonida bu masala ko‘rib chiqilmoqda.

Rossiya ko‘p xotinlik va niqob taqishga qarshi kurashish masalasida O‘zbekiston tajribasidan foydalanishi mumkin, deb yozadi TASS Rossiya prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson huquqlari bo‘yicha kengash rahbari Valeriy Fadeyevga tayanib.
Mutaxassis Rossiyada norasmiy, ammo ko‘p xotinlilik, ayniqsa, ba’zi hududlarda keng tarqalganini aytib, bu haqiqiy muammo ekanini ta’kidladi.
Buni nima qilish kerak? Bizda Rossiyada rasman ko‘pxotinlikka ruxsat berishga chaqiruvchi ovozlar yangramoqda, bu borada jiddiy munozara ketmoqda. Munozara ko‘pxotinlikka yo‘l qo‘ymaydigan dalillarni qanday topish haqida, — dedi Valeriy Fadeyev.
Shu bilan birga, Rossiya IHK rahbari O‘zbekistonda davlatning dunyoviyligi juda qat’iy amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Xususan, mamlakatimizda ikki yoki undan ortiq ayol bilan er-xotin bo‘lib yashashni targ‘ib qilganlik, jamoat joylarida shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan darajada yuzini to‘sgan holda yurganlik uchun jiddiy jazo choralari qo‘llanilmoqda. Valeriy Fadeyevning ta’kidlashicha, bu “g‘alati tuyuladi, lekin biz o‘rganishimiz kerak bo‘lgan narsalar bor”.
Rossiya uchun juda muhim mavzu — dunyoviy jamiyat modelini amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi. Mana yaqinda ham qonunlar qabul qilindi, siz ularni yaxshiroq bilasiz, biz Rossiyada o‘rganyapmiz. Ko‘pxotinlik, niqob. Bu juda qat’iy harakatlar edi. Bu muhokama Rossiyada bo‘lib o‘tmoqda, — deya xulosa qildi Rossiya prezidenti huzuridagi kengash rahbari.
Avvalroq Rossiyada ko‘p xotinlikka ruxsat berish fikri o‘zgargani haqida xabar berilgandi. Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi Musulmonlar diniy idorasi Ulamolar kengashiga murojaat qildi.
Izohlar