O‘zbekiston prezidenti Xitoy harbiy paradida ishtirok etadi
Bundan tashqari, bayramda Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston rahbarlari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti Ikkinchi jahon urushida Yaponiyaning taslim bo‘lishi yildonumiga bag‘ishlangan harbiy paradda ham ishtirok etishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda CCTV telekanali.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tantanali tadbir 3 sentyabr kuni Pekindagi Tyananmen maydonida bo‘lib o‘tadi. Qayd etilishicha, bayramda 26 nafar xorijiy davlat rahbarlari, jumladan, Vladimir Putin va KXDR yetakchisi Kim Chen In ishtirok etadi. Shuningdek, paradga Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston yetakchilari tashrif buyuradi.
Paradda Xitoy harbiy-havo kuchlari bir necha turdagi qiruvchi samolyotlarni, jumladan, ularning modernizatsiya qilingan modellarini namoyish etishi rejalashtirilgan. Yuqori martabali mehmonlar ro‘yxatiga quyidagilar ham kiritildi:
- Kamboja qiroli — Norodom Siamoni;
- Vyetnam prezidenti — Liong Kyong;
- Laos prezidenti — Txоnglun Sisulit;
- Indoneziya prezidenti — Prabovo Subianto;
- Malayziya bosh vaziri — Anvar Ibrohim;
- Mo‘g‘uliston prezidenti — Uxnaagiyn Xurelsux;
- Pokiston bosh vaziri — Shahboz Sharif;
- Nepal bosh vaziri — Kxadga Prasad Sharma Oli;
- Maldiv prezidenti — Muhammad Muizzu;
- Belarus prezidenti — Aleksandr Lukashenko;
- Ozarbayjon prezidenti — Ilhom Aliyev;
- Armaniston prezidenti — Nikol Pashinyan;
- Eron prezidenti — Masud Pezeshkiyon;
- Kongo prezidenti — Deni Sassu-Nguesso;
- Zimbabve prezidenti — Emmerson Mnangagva;
- Serbiya prezidenti — Aleksandr Vuchich;
- Slovakiya bosh vaziri — Robert Fitso;
- Kuba yetakchisi — Migel Dias-Kanel;
- Myanma prezidenti vazifasini bajaruvchi — Min Aung Xlayn.
Avvalroq Xitoy O‘zbekistonning eng yirik savdo sherigiga aylangani xabar qilingandi. 2025-yil boshidan buyon ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 6,5 milliard dollarni tashkil etdi.
Izohlar