O‘zbekiston harbiylari Moskvadagi Gʻalaba paradida ishtirok etdi — video
Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatchilarni tribunada qarshi oldi.

9-may kuni O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining parad bo‘linmasi Qizil maydondagi G‘alaba paradida ishtirok etdi.
Paradni polkovnik Zafarjon Xoliqchayev olib bordi. Harbiy xizmatchilarni tribunadan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.
Oxirgi besh yil ichida birinchi marta respublikalar harbiylari 9-may bayramiga bag‘ishlangan bayram tadbirlarida ishtirok etdi. Harbiylar so‘nggi bor 2020-yil 24-iyun kuni an’anaviy 9-may sanasidan COVID-19 pandemiyasi sababli ko‘chirilgan G‘alaba paradida qatnashgandi.
Izohlar