Dunyo

O‘zbekiston Gonkongdagi turar joy majmuasida yuz bergan kuchli yong‘in munosabati bilan hamdardlik bildirdi

TIV jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘qligini ma’lum qildi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Xitoydagi turar joy majmuasida sodir bo‘lgan fojiali yong‘in munosabati bilan Gonkongga hamdardlik yo‘lladi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Mamlakat Gonkongda odamlar halok bo‘lgani haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qilganini ma’lum qildi. TIV halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jarohatlanganlarning tez fursatda sog‘ayib ketishini tilagan.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Xitoydagi diplomatik vakolatxonasi va konsullik muassasalari hodisa yuzasidan zudlik bilan mahalliy hokimiyat bilan aloqa o‘rnatgan. Halok bo‘lganlar va jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘qligi aytilmoqda. Ushbu masala Tashqi ishlar vazirligining doimiy nazoratida. Shu bilan birga, zarurat tug‘ilganda, yordamga muhtoj vatandoshlar O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasiga, shuningdek, mamlakatning Shanxay va Guanchjoudagi Bosh konsulliklariga murojaat qilishlari mumkin.

Avvalroq Hongkongda bir vaqtning o‘zida yettita turar joy binosi yonib ketgani haqida xabar berilgandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 128 kishi halok bo‘lgan, ko‘pchilik bedarak yo‘qolgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная