Dunyo

O‘zbekiston BMTning Gʻazodagi urushni to‘xtatish to‘g‘risidagi rezolyusiyasini yoqlab ovoz berdi

Hujjatda HAMAS va boshqa guruhlar tomonidan garovga olingan barcha mahbuslarni ozod qilish talabi mavjud.

O‘zbekiston BMTning Gʻazodagi urushni to‘xtatish to‘g‘risidagi rezolyusiyasini yoqlab ovoz berdi

13-iyun kuni BMT Bosh Assambleyasi G‘azo sektorida o‘t ochishni darhol, so‘zsiz va doimiy to‘xtatish talabi bilan rezolyutsiya qabul qildi.

Hujjatni 149 davlat, jumladan, O‘zbekiston qo‘llab-quvvatladi, 12 davlat qarshi ovoz berdi, 19 davlat betaraf qoldi. Qarshi ovoz berganlar orasida AQSH, Isroil, Vengriya, Argentina va Paragvay bor. Betaraf qolganlar orasida Gruziya, Hindiston, Ruminiya va Ekvador bor.

Rezolyutsiya ochlikdan urush vositasi sifatida foydalanishni qoralaydi, insonparvarlik yordamini yetkazib berishga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilishni talab qiladi va tinch aholini xalqaro huquqqa muvofiq himoya qilish zarurligini ta’kidlaydi. Shuningdek, hujjatda HAMAS va boshqa guruhlar tomonidan garovga olingan barcha mahbuslarni ozod qilish talabi ham bor.

Ushbu rezolyutsiya AQSH BMT Xavfsizlik kengashida shunga o‘xshash tashabbusni bloklaganidan bir necha kun o‘tib qabul qilindi.

Avvalroq “Tolibon” G‘azo sektorini himoya qilgani va Trampga qarshi chiqqani haqida xabar berilgandi. Islom Amirligi rasmiylari AQSH prezidentining niyatlari xalqaro huquqni buzadi, deb hisoblamoqda.

Izohlar

Mavzuga oid