Dunyo

O‘zbekiston 2025-yilda yashash qiymati bo‘yicha mamlakatlar reytingida 127-o‘rinni egalladi

Qozog‘iston Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida yetakchiga aylandi.

O‘zbekiston 2025-yilda yashash qiymati bo‘yicha mamlakatlar reytingida 127-o‘rinni egalladi

Numbeo ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston yashash narxi bo‘yicha dunyoning eng qimmat va eng arzon mamlakatlari reytingida 139-o‘rindan 127-o‘rinni egalladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, reyting tuzuvchilar Nyu-Yorkni 100 qiymatini asosiy ko‘rsatkich sifatida olgan. Natijada, statistik ma’lumotlarga ko‘ra, eng qimmat mamlakatlar Amerika Virjiniya orollari, Shveytsariya, Islandiya va Bagama bo‘lib, ularning indekslari mos ravishda 98,4, 83,4 va 81,4 ni tashkil etdi.

O‘zbekiston reytingda 24,2 indeks bilan 127-o‘rinni egallab, 22,3 indeks bilan 132-o‘rinni egallagan Rossiyani ortda qoldirdi, biroq mos ravishda 26,6 va 25,4 ko‘rsatkichlari bilan 114 va 121-o‘rinlarni egallagan Qozog‘iston va Qirg‘izistonga yutqazdi. Turkmaniston va Tojikiston ro‘yxatda yo‘q. Reytingning quyi pog‘onalarini mos ravishda 17,8, 18,6 va 19,0 ko‘rsatkichlari bilan Misr, Livan va Pokiston egalladi.

Qayd etilishicha, indeks dunyoning turli mamlakatlarida oziq-ovqat, uy-joy, transport va kommunal xizmatlar narxlari to‘g‘risidagi foydalanuvchi ma’lumotlarini tahlil qilishga asoslangan.

Avvalroq O‘zbekiston dunyoning eng xavfsiz davlatlari reytingida 26 pog‘onaga ko‘tarilgani haqida xabar berilgandi. Mamlakat Markaziy Osiyo yetakchisidan bir pog‘ona pastga tushib qolgan.

Izohlar

Mavzuga oid