Murinoda o‘zbekistonlik muhojir qizni o‘pishga urinib ko‘rgach, uni o‘rmonga sudrab ketishga harakat qildi — video
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, erkak mamlakat hududida ro‘yxatdan o‘tmagan, qurilishda g‘isht teruvchi bo‘lib ishlaydi va o‘sha yerda yashaydi.

Murinoda jinsiy zo‘ravonlikka urinishda gumon qilinayotgan 39 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda “Fontanka”.
Videodagi kadrlarga ko‘ra, erkak dastlab 13 yoshli qizni o‘pmoqchi bo‘lgan, so‘ngra uning qo‘lidan ushlab, o‘rmonga olib ketmoqchi bo‘lgan. Erkakning noqonuniy xatti-harakatlari yonidan o‘tib ketayotgan ayol tomonidan to‘xtatilgan.
31-avgust kuni qizning ota-onasi favqulodda xizmatlarga murojaat qilgan. Gumonlanuvchi 2-sentyabr kuni qo‘lga olingan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, muhojir mamlakat hududida ro‘yxatdan o‘tmagan, qurilishda g‘isht teruvchi bo‘lib ishlaydi va o‘sha yerda yashaydi. Erkakning so‘zlariga ko‘ra, u “qiz bilan tanishib, o‘rmonda sayr qilmoqchi bo‘lgan”.
Viloyat Tergov qo‘mitasi matbuot xizmati voyaga yetmagan qizga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
Izohlar