Dunyo

Mirziyoyev va Putin telefon orqali muloqot qildi — asosiylar

O‘zbekiston prezidenti Rossiya yetakchisi va ko‘p millatli xalqini Rossiya kuni bilan tabrikladi.

Mirziyoyev va Putin telefon orqali muloqot qildi — asosiylar

Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, har ikki tomon Rossiya delegatsiyasi ham ishtirok etgan IV Toshkent xalqaro investitsiya forumi muvaffaqiyatli o‘tkazilganini ta’kidlagan. Shuningdek, qator ikki tomonlama iqtisodiy va energetika loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar o‘zaro tovar ayirboshlash sur’atini saqlab qolish va sanoat kooperatsiyasi loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida muvofiqlashtirilgan choralar ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar. Ikki mamlakat hududlari darajasida faol almashinuv va amaliy hamkorlikni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Davlat rahbarlari O‘zbekiston va Rossiyada muntazam o‘tkazib kelinayotgan tadbirlarning boy madaniy dasturidan chuqur mamnuniyat bildirdilar. Bundan tashqari, davlat rahbari Rossiya yetakchisi va ko‘p millatli xalqini yaqinlashib kelayotgan davlat bayrami — Rossiya kuni bilan samimiy tabrikladi.

O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Ikki mamlakat hududlari darajasidagi faol almashinuvlar va amaliy hamkorlikni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, O‘zbekiston va Rossiyada madaniy tadbirlar muntazam o‘tkazib kelinayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Izohlar

Mavzuga oid