Mirziyoyev va Putin qo‘ng‘iroqlashdi — prezidentlar nima haqida gaplashishdi
Davlat rahbarlari gumanitar hamkorlik kengayib borayotganini qayd etdi.

14-oktyabr kuni Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot o‘tkazib, ikki davlatning turli sohalardagi hamkorligini muhokama qildi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.
Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish nuqtai nazaridan O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning asosiy ko‘rsatkichlari o‘sish sur’ati qo‘llab-quvvatlangani, shuningdek, ikki mamlakat hududlari darajasidagi kooperatsiya loyihalari qo‘llab-quvvatlangani alohida ta’kidlandi. Shuningdek, ikki mamlakat yetakchilari gumanitar hamkorlik, eng avvalo, madaniyat, san’at va ta’lim sohalarida, shu jumladan muhandislik kadrlarini tayyorlash borasida kengayib borayotganini qayd etdi.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qilib, kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qilgani xabar qilingandi. Davlat rahbari Rossiya yetakchisini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.
Izohlar