Mirziyoyev va Putin Alyaskada Tramp bilan o‘tkazilgan muzokaralarni muhokama qilishdi
O‘zbekiston prezidenti erishilgan kelishuvlarni qo‘llab-quvvatladi.

17-avgust kuni Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi, uning doirasida Rossiya yetakchisi Rossiya-AQSH sammitining asosiy yakunlari haqida so‘zlab berdi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tomonlar xalqaro va ikki tomonlama kun tartibining dolzarb jihatlarini muhokama qilgan. Bundan tashqari, Rossiya prezidenti mamlakat yetakchisiga 15-avgust kuni Ankorij shahrida bo‘lib o‘tgan Rossiya-AQSH sammitining asosiy natijalari haqida ma’lumot berdi.
Davlat rahbari erishilgan kelishuvlarni qo‘llab-quvvatlab, Ukraina atrofidagi vaziyat tez fursatda tartibga solinishiga umid bildirdi. Shuningdek, tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikning joriy sur’atini saqlab qolish hamda O‘zbekiston va Rossiya korxonalari o‘rtasidagi ustuvor kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirishga qaratilgan muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni qabul qilish masalalarini ko‘rib chiqdilar. Barcha darajalarda faol muloqot va almashinuvlarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.
Izohlar