Dunyo

Mirziyoyev Lukashenkoni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Belarus prezidenti bunga javoban O‘zbekiston rahbari va xalqini Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.

Shavkat Mirziyoyev 30-avgust kuni 71 yoshni qarshilagan Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari Belarus yetakchisini tavallud kuni bilan tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, do‘st Belarus xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

“Belarus prezidenti, o‘z navbatida, O‘zbekiston yetakchisi va ko‘p millatli xalqini yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik kuni bilan samimiy qutlab, bardavom taraqqiyot va ravnaq tiladi”, — deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Prezidentlar O‘zbekiston bilan Belarus o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalarini muhokama qilib, turli darajalardagi samarali muloqot va almashinuvlarni qayd etdi. Tovar ayirboshlash hajmi yil boshidan buyon 30 foizga oshdi. Yetakchi korxonalarning qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika, mashinasozlik, to‘qimachilik va boshqa tarmoqlardagi kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Parlamentlararo, ishbilarmonlik va madaniy-gumanitar aloqalar faol rivojlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ikki yetakchi Xitoyda SHHT sammiti va Ikkinchi jahon urushidagi G‘alaba munosabati bilan o‘tkaziladigan paradda uchrashadi.

Mavzuga doir: “O‘zbeklar — bizning odamlar”: Lukashenkoga kolxozlarga migrantlar jalb qilinayotgani haqida ma’lumot berildi Belarus IIVning bahosi ko‘pchilik nomzodlarni chetlab o‘tgan. Avvalroq Aleksandr Lukashenko o‘zbekistonliklar va belarusliklar nimasi bilan o‘xshashligini aytgandi. Belarus prezidentining ta’kidlashicha, O‘zbekiston o‘z vaqtida ko‘p narsani yo‘qotib qo‘ygan, shuning uchun respublika “quvib yetishi” kerak.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная