Markaziy Osiyo davlatlari bolalarni birgalikda himoya qilishni boshlaydi
Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyoning bola huquqlari bo‘yicha vakillari Toshkentda forum o‘tkazdi.

11-sentyabr kuni Toshkentda O‘zbekiston tashabbusi bilan BMTning Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) ko‘magida va hozirda Norvegiya, Xorvatiya va Finlyandiya ombudsmanlari raislik qilayotgan Yevropa bolalar ombudsmanlari tarmog‘i ishtirokida Markaziy Osiyo mamlakatlari bolalar huquqlari bo‘yicha vakillarining birinchi forumi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad Markaziy Osiyo mamlakatlari bola huquqlari bo‘yicha vakillarining muloqoti va o‘zaro hamkorligi uchun samarali mintaqaviy platformani yaratishdan iborat. Bu bolalar huquqlarini himoya qilish sohasida tajriba almashish, umumiy muammolarni maqbul hal etish, umumiy mintaqaviy va transmilliy tahdid va xatarlarga qarshi kurashish bo‘yicha yagona yondashuvlarni ishlab chiqish, shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlari bolalar ombudsmanlari institutlari salohiyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining siyosiy irodasi va birgalikdagi sa’y-harakatlari mintaqada barqarorlik, hamkorlik va taraqqiyot makonini barqaror yaratishga qaratilgan. Bolalar ombudsmanlarining mintaqaviy platformasi mintaqamizning buguni va kelajagi bo‘lgan bolalar farovonligini ta’minlash yo‘lida birdamlik va umumiy mas’uliyat g‘oyasining amaliy ifodasi bo‘ladi, — dedi O‘zbekiston Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova.
Участники форума обсуждают пути интеграции усилий и международных инициатив в национальные стратегии и планы, направленные на защиту прав детей, а также на укрепление потенциала институтов уполномоченных по правам детей стран Центральной Азии. Особое внимание уделяется перспективам развития межрегионального и международного сотрудничества детских омбудсменов.
Bola huquqlarini himoya qilish — bu “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiyada ko‘zda tutilgan shunchaki yuridik majburiyat emas, balki biz qanday jamiyat qurayotganimizni belgilaydigan ma’naviy mas’uliyatdir. Mamlakatlar hamkorlik qilganda, institutlar sa’y-harakatlarni birlashtirganda, bolalar manfaati uchun natija bir necha barobar oshadi, — dedi UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Rexina Kastijio.
Navbatdagi forum 2026-yilda Qozog‘istonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Avvalroq O‘zbekiston ayollar va bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha Koreya tajribasini ko‘rib chiqishi xabar qilingandi. Undan ham avval mamlakat Finlyandiya tajribasini o‘rgangandi.
Izohlar