Latviya O‘zbekiston va MDH davlatlari fuqarolarining kirishini qiyinlashtirdi
Safar oldidan tashrif maqsadi va shaxsiy ma’lumotlarni oldindan ma’lum qilish kerak bo‘ladi.

Latviya 1-sentyabrdan O‘zbekistonga kirish qoidalarini kuchaytirish to‘g‘risida nota yubordi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Yangi reglament MDHning boshqa mamlakatlari fuqarolariga nisbatan ham amal qiladi. Shengen vizasi yoki Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlarida yashash uchun ruxsatnoma egalari tartibdan ozod qilinadi.
Qolganlar o‘zlari haqidagi ma’lumotlarni Latviyaga sayohat qilishdan kamida 48 soat oldin eta.gov.lv saytida taqdim etishlari kerak. Bu majburiyat Latviya orqali tranzit o‘tayotgan shaxslarga ham taalluqlidir.
Safar maqsadi Latviyada bo‘lish davri va joyi, harakatlanish yo‘nalishi, egallab turgan lavozimlari, turli idoralardagi xizmati, saylovlarda ishtiroki, mansabdor shaxs maqomiga egaligi va aloqa ma’lumotlarini taqdim etish zarur, ushbu ma’lumotlarni taqdim etmaslik yoki yolg‘on ma’lumotlarni taqdim etish ikki ming yevrogacha jarima solishga sabab bo‘ladi.
Kirishning yangi tartibi diplomatik immunitetga ega bo‘lgan shaxslarga, xizmat vazifalarini bajarish yoki texnik yordam ko‘rsatish uchun qisqa muddatga Latviyaga kelgan shaxslarga taalluqli emas.
Ilgari Latviya tomoni O‘zbekistondankelgan migrantlar uchun kvotalar joriy etilmaydi, ishchilar himoyalanadi, ularning qonuniy bandligi va huquqlari kafolatlanadi. Shu fonda O‘zbekiston Latviyaga ko‘proq muhojirlarni yuborishga qaror qildi.
Ayni paytda, qo‘shni Litva hukumati O‘zbekistondan kelgan muhojirlardan voz kechishni rejalashtirmoqda, mamlakat bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, bunga Markaziy Osiyodan kelgan odamlarning madaniy uzoqligi, ularning islomiy radikalizmga moyilligi va terrorizm xavfi sabab bo‘lgan.
Izohlar