Kosmos-482 orbitadan chiqib, O‘zbekistondan o‘tib ketdi
Sovet apparati yarim asrdan keyin orbitadan Yerga quladi.

“Kosmos-482” kosmik kemasi orbitadan chiqib, okeanga quladi, deb xabar bermoqda “Roskosmos”.
1972-yilda uchirilgan kosmik kema orbitadan chiqib, Hind okeaniga qulaganidan so‘ng o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Qurilmaning tushishi Yerga yaqin koinotdagi xavfli vaziyatlardan ogohlantirishning avtomatlashtirilgan tizimi tomonidan boshqarilgan.
Roskosmos mutaxassislarining hisob-kitoblariga ko‘ra, qurilma Toshkent vaqti bilan 10:24 da atmosferaning zich qatlamlariga kirib, Jakarta g‘arbidagi Hind okeaniga qulagan.
Koinot kemasi 1972 yilning bahorida Venerani o‘rganish uchun uchirilgan, biroq kuchaytiruvchi blokdagi nosozlik tufayli u Yerning yuqori elliptik orbitasida qolib, asta-sekin sayyoraga yaqinlashib qolgan.
Avvalroq “O‘zbekkosmos” qurilmaning O‘zbekistonga tushishi ehtimoli nolga teng bo‘lmagani haqida xabar bergan edi.
Izohlar