Kobul suv tamom bo‘lgan birinchi zamonaviy shahar bo‘lishi mumkin
Afg‘oniston poytaxti aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlaydigan shahar quduqlarining deyarli yarmi qurib qolgan.

Afg‘oniston poytaxti Kobul suv butunlay tugaydigan birinchi zamonaviy shahar bo‘lishi mumkin, deb yozadi The Guardian.
Mercy Corps notijorat tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘oniston poytaxti Kobul zamonaviy shaharlar orasida birinchi bo‘lib suv resurslarining to‘liq tugashi muammosiga duch kelishi mumkin. Agar vaziyat o‘zgarmasa, 2030-yilga borib Kobuldagi barcha suv manbalari tugaydi, bu esa shaharning yetti million aholisi hayotini xavf ostiga qo‘yadi.
Suv iste’moli zaxiralarni to‘ldirishning tabiiy darajasidan yiliga 44 million kub metr ko‘pdir. Afg‘oniston poytaxtining suvli gorizontlarida suv sathi so‘nggi 10 yil ichida jadal urbanizatsiya va iqlim o‘zgarishi tufayli 30 metrga pasaydi. Kobul aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlaydigan shahar quduqlarining deyarli yarmi qurib qolgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Afg‘oniston bilan Amudaryo suv havzasini boshqarishga kelishib olgandi. Mamlakatlar suvdan adolatli va oqilona foydalanishni qog‘ozga tushirgan.
Izohlar