Isroil harbiylari Gʻazo sektoriga kiraverishda Greta Tunberg bo‘lgan yaxtani qo‘lga oldi
Mamlakat TIVning ta’kidlashicha, “yulduzlarning selfi-yaxtasi” oz miqdordagi insonparvarlik yordami bilan ommaviy axborot vositalarida provokatsiya uyushtirishga uringan.

Isroil harbiylari 11 nafar faol bilan G‘azo sektori sohiliga yo‘l olgan eko-faol Greta Tunberg o‘tirgan “Madlin” yaxtasini to‘xtatdi, deb yozadi BBC.
Harbiylar O‘rta yer dengizi bo‘ylab anklav tomon harakatlanayotgan gumanitar yordam ortilgan kemaga chiqishdi. Isroil hukumati avvalroq kemaning G‘azo qirg‘oqlariga yetib borishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida ogohlantirgandi.
Isroil TIVning ta’kidlashicha, Greta Tunberg hamfikrlari bilan birga “ommaviy provokatsiya” uyushtirishga uringan, uning yagona maqsadi jamoatchilik e’tiborini jalb qilish bo‘lgan va bitta yuk mashinasidan kamroq gumanitar yordamni o‘z ichiga olgan.
“Mashhurlar selfi-yaxtasi” Isroil qirg‘oqlariga eson-omon yo‘l oldi. Yo‘lovchilar o‘z vatanlariga qaytishlari kutilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning maslahatchisi Dmitriy Gendelman davlat G‘azo sektoridagi dengiz blokadasini buzishga urinishlarni HAMAS faoliyatiga ongli ravishda yordam berish deb hisoblashini aytdi.
Izohlar