Hindistonda qulagan Boeing 787-8 samolyoti bortida o‘zbekistonliklar bo‘lmagan — TIV
Vazirlik fojiada halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Hindistonning Ahmadobod aeroportiga qulagan samolyot bortida o‘zbekistonliklar bo‘lmagan, deb xabar bermoqda mamlakat TIV matbuot xizmati.
Vazirlik fojiada halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi. Qayd etilishicha, O‘zbekiston fuqarolari, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, reys bortida bo‘lmagan.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Hindiston prezidenti Draupadi Murm va bosh vaziri Narendra Modiga samolyot qulashi munosabati bilan hamdardlik bildirgandi. Davlat rahbari jarohat olganlarning tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.
Eslatib o‘tamiz, 12-iyun kuni Hindistonda bortida ikki yuzdan ortiq yo‘lovchi bo‘lishi mumkin bo‘lgan yo‘lovchi samolyoti halokatga uchragandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Londonga yo‘l olgan kema parvozdan so‘ng Ahmadobod aeroporti yaqinidagi turar joy hududida halokatga uchragan.
Voqea joyidan olingan kadrlarda quyuq tutunni ko‘rish mumkin, halokat joyida qutqaruvchilar ishlamoqda. News18 ma’lumotlariga ko‘ra, bortda 250 ga yaqin odam bo‘lgan, ulardan 12 nafari ekipaj a’zolari. Halok bo‘lganlar va yaradorlar haqidagi ma’lumotlar aniqlashtirilmoqda. Air India kompaniyasi Ahmadoboddan Londonga uchayotgan AI171 reysi halokatga uchraganini tasdiqladi. Aviakompaniya vaziyatni o‘rganib chiqqach, hodisa haqida qo‘shimcha ma’lumot berishga va’da berdi, mahalliy politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, omon qolganlar bor.
Izohlar