Germaniya O‘zbekistonga Afg‘onistondan vatandoshlarni evakuatsiya qilishda ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi
Mamlakat elchixonasining ta’kidlashicha, operatsiyani amalga oshirish “O‘zbekiston bilan hamkorliksiz imkonsiz bo‘lardi”.

Germaniya O‘zbekistonga yevropaliklarni Afg‘onistondan zudlik bilan evakuatsiya qilishda hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” Germaniya elchixonasi rasmiy xabariga tayanib.
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Germaniyaga o‘z fuqarolarini xavfsiz joyga olib chiqish va keyinchalik Germaniyaga jo‘natish uchun Toshkent aeroportidan foydalanish imkoniyatini bergan. Shu munosabat bilan mamlakat elchixonasi operatsiyani amalga oshirish “O‘zbekiston bilan hamkorliksiz imkonsiz bo‘lishini” ta’kidladi.
“Ushbu operatsiyaning tez va samarali o‘tkazilishini ta’minlagan O‘zbekiston hukumati va barcha tegishli organlarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq Afg‘onistonda ayollarga erkak hamrohligisiz ishga borish taqiqlangani haqida xabar berilgandi. Ba’zi hollarda erkak kishidan kun bo‘yi ofisda shaxsan bo‘lish talab qilinadi.
Izohlar