Fransiyaning Luvr muzeyida o‘g‘irlik sodir bo‘ldi — video
Rasmiylar hozircha aynan nima o‘g‘irlangani haqida ma’lumot bermagan, biroq bino tashrif buyurish uchun yopilgan.

Fransiya madaniyat vaziri Rashida Dati Parijdagi Luvr muzeyida o‘g‘irlik sodir bo‘lganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda BBC News.
Muzey “alohida sabablarga ko‘ra” bino kun bo‘yi yopilishini e’lon qildi. Hozircha aynan nima o‘g‘irlangani rasman ma’lum qilinmagan. Luvrda dunyodagi eng mashhur san’at asarlari namoyish etilgan. Uning eng mashhur eksponati Leonardo da Vinchining “Mona Liza” asaridir. Jabrlanganlar haqida xabar berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, Parijda Samarqand paydo bo‘ladi. Fransiya poytaxtidagi ko‘chalardan biri O‘zbekistonning tarixiy shahri nomi bilan ataladi.
Avvalroq Mirziyoyev va Makron Strategik sheriklik o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani qabul qilgani haqida xabar berilgandi. O‘zbekiston va Fransiya Prezidentlari hujjatlar to‘plamini imzoladilar
Izohlar