Fransiyada bolalarni ijtimoiy tarmoqlardan to‘sishga qaror qilishdi
Emmanuel Makron yangi qoida bilan butun Yevropa Ittifoqini birlashtirmoqchi.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron voyaga yetmagan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklash kerakligini aytdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Fransiya rahbari 11-iyun kuni Fransiya shimoli-sharqida 14 yoshli o‘quvchi maktab yordamchisiga pichoq bilan hujum qilib, uning o‘limiga sabab bo‘lgan fojia fonida shunday bayonot bergan.
Emmanuel Makron o‘n besh yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini imkon qadar tezroq taqiqlash kerakligini, agar Yevropa Ittifoqi yagona qoidalarni joriy etmasa, Fransiya bir tomonlama cheklovlar joriy etishini aytdi. Fransiya rahbari hujumda gumon qilinayotgan voyaga yetmagan shaxs bilan sodir bo‘lgan voqeani izohlar ekan, pichoqlarni onlayn sotishda kattalar uchun mo‘ljallangan kontentga kirishdagi kabi yoshni tekshirishni joriy etishga va’da berdi.
“15 yoshga to‘lmaganlar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlash kerak. Bizga umumevropa safarbarligini boshlash uchun bir necha oy muhlat beraman. Aks holda biz Fransiyada ish boshlaymiz. Ortiq kuta olmaymiz”, — deya ta’kidladi prezident.
Keyinroq u yana o‘z so‘zlarini tasdiqladi.
“Men 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlayman. Platformalar yoshni tekshirishi mumkin. Keling, buni X ga yozib olaylik”.
Avvalroq BMT bolalarning toza atrof-muhitga bo‘lgan huquqini tan olgani xabar qilingandi. Tashkilot mamlakatlarga iqlim inqirozi sharoitida bolalarni himoya qilish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan.
Izohlar