Estoniyadan o‘nlab o‘zbekistonliklar deportatsiya qilindi
Mamlakatni tark etish buyurilgan ba’zi chet elliklar majburan chiqarib yuborildi.

2025-yil boshidan buyon Estoniya hukumati 366 kishiga mamlakatni tark etishni buyurdi, ulardan 23 nafari O‘zbekiston fuqarolari, deya xabar bermoqda ERR portali mamlakat Politsiya va chegara qo‘riqlash departamentiga tayanib.
Chet elliklarning aksariyati Estoniya hududini o‘z ixtiyori bilan tark etgan, biroq ularning bir qismi majburan chiqarib yuborilgan. Mamlakatdan chiqarib yuborilganlar soni bo‘yicha Rossiya fuqarolari yetakchilik qilmoqda — 108 kishi, shuningdek, Moldova (37), Ukraina (24) va O‘zbekiston (23).
Bundan tashqari, Estoniyada qolish taqiqlangan shaxslar orasida Gruziya, Hindiston, Turkiya, Qirg‘iziston, Braziliya va Belarus fuqarolari ham bor. Mamlakatdan chiqarib yuborishning sabablari turlicha: migratsiya qonunchiligini buzishdan tortib qonunda belgilangan boshqa asoslargacha.
Izohlar