Dunyoda mojaro zonalarida bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning rekord darajasi qayd etildi
BMT bosh kotibi batafsil ma’ruza qildi.

2024-yilda dunyoda qurolli mojarolar hududlarida bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning rekord darajasi qayd etildi, deb yozadi “TASS” BMT hisobotiga tayanib.
Hisobotga ko‘ra, bir yil ichida qurolli mojarolar hududlarida bolalarga nisbatan 41 370 ta jiddiy qoidabuzarliklar aniqlangan — bu qariyb 30 yil davomida olib borilgan monitoringdan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir. 2023-yilga nisbatan qoidabuzarliklar soni 25 foizga oshgan.
Eng ko‘p hodisalar Isroil va bosib olingan Falastin hududlarida, shuningdek, Kongo Demokratik Respublikasi, Somali, Nigeriya va Gaitida qayd etilgan. Eng ko‘p uchraydigan holatlar: bolalarni o‘ldirish va mayib qilish (11 967 ta holat), gumanitar yordamni rad etish (7 906 ta) va bolalardan armiyada foydalanish (7 402 ta).
Maktablarga hujumlar (44 foizga) va jinsiy zo‘ravonlik (34 foizga) soni ham oshdi. Bir vaqtning o‘zida bir necha turdagi zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan bolalar soni ham oshdi. 3 018 ta holatda bolalarning mojaro ishtirokchilari bilan aloqada bo‘lgani yoki bo‘lmagani uchun qo‘lga olingani qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda noqonuniy diniy ta’lim beruvchilar qo‘lga olingandi. “Pedagoglar” mashg‘ulotlar paytida bolalarni ayovsiz kaltaklagan, ular va bolalarning ota-onalari ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Izohlar