Dunyo

Donald Tramp Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qildi

AQSH prezidentining aytishicha, bu qaror “barqarorlik va tinchlik yo‘lidagi” qadamdir.

AQSH prezidenti Donald Tramp AQShning Suriyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalarini bekor qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, deb xabar bermoqda Oq uy matbuot xizmati.

Prezident ma’muriyati bu qaror “barqarorlik va tinchlik yo‘lidagi” qadam ekanini ma’lum qildi.

“AQSH o‘zi va qo‘shnilari bilan barqaror, yagona va tinchlikda yashaydigan Suriyani qo‘llab-quvvatlashga sodiqdir. Terrorchi tashkilotlarga boshpana bermaydigan, o‘zining diniy va etnik ozchiliklari xavfsizligini ta’minlaydigan yagona Suriya mintaqaviy xavfsizlik va farovonlikni qo‘llab-quvvatlaydi”, — deyiladi farmonda.

Rossiyaga qochib ketgan Suriya sobiq prezidenti Bashar Asad, uning oila a’zolari va ag‘darilgan rejim tarafdorlariga qarshi sanksiyalar amal qilishda davom etmoqda. Tramp Damashqdan sanksiyalarni olib tashlash niyatini may oyi o‘rtalarida Ar-Riyodda Suriyaning yangi rahbari Ahmad ash-Shara’a bilan uchrashishdan oldin ma’lum qilgandi.

“Oq uy Suriya yangi hokimiyatining harakatlarini, jumladan, Isroil bilan munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha aniq choralar ko‘rilishini kuzatib boradi”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: Suriya endi yo‘q: mamlakatni islomchilar egallab oldi Bosh vazir hokimiyatni “topshirish” uchun har qanday chora ko‘rishga tayyorligini aytdi. Keyinroq Bashar Asad Suriya prezidenti lavozimini tark etdi. Oxirida u hokimiyatni tinch yo‘l bilan topshirishni buyurdi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная