Diplomatlar qarovsiz qolgan bolalarning O‘zbekistonga qaytishiga yordam berdi
Voyaga yetmaganlar kelishi bilanoq mas’ul organlarga topshirildi.

O‘zbekistonning Olmaotadagi Bosh konsulxonasi xodimlari voyaga yetmagan vatandoshlarni vatanga qaytarishga yordam berdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Ma’lumotlarga ko‘ra, diplomatlar Olmaota ta’lim boshqarmasi qoshidagi Qiyin ahvolga tushib qolgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash markazi bilan birgalikda voyaga yetmagan o‘zbekistonliklarni vatanga qaytarish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirishda yordam bergan.
Shundan so‘ng, shahar xalqaro aeroportida Bosh konsulxona vakillari bolalarning hujjatlarini O‘zbekiston IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi vakillariga ularni uyiga kuzatib qo‘yish, shuningdek, yaqin qarindoshlariga topshirish bo‘yicha tegishli tartib-taomillarni amalga oshirish uchun topshirdi.
Avvalroq diplomatlar bir guruh o‘zbekistonliklarga Saudiya Arabistonidan qaytishda yordam bergani xabar qilingandi. Jabrlanuvchilar o‘zlari ishlaydigan kompaniya muntazam ravishda to‘lovlarni kechiktirgani uchun mutaxassislarga murojaat qilgan.
Izohlar